Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Talaba-qizlar uchun “Nafosat malikalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

  6 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot institutini 1-son talabalar turar joyida xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus doirasida yoshlarning iste’dodini yuzaga chiqarish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, talaba-qizlarni tikish, to‘kish kabi xunarlarga qiziqishini oshirish maqsadida “Nafosat malikalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

  Tanlovda talaba-kizlar sanat turlari, kompyuter texnologiyalari, kitobxonlik va chevarchilik yo‘nalishlari buyicha bellashishib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zlarini bilim va mahoratlari namoyon etdilar. Talabalar chiqishlari, shartlarning mohirona bajarishlari bilan ustozlarning, xay’at a’zolari va tadbir ishtirokchilarining, shu jumladan xalkaro ta’lim fakultetining Xindistonlik va Pokistonlik talabalarining olqishlariga sazovor bo‘ldilar.

  Tadbir yakunida ko‘rik tanlov g‘oliblari va ishtirokchilari esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.


SamDTI matbuot xizmati