Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqandda Amir Temur haykalini poyiga gul qo‘yish marosimi o‘tkazildi

  9-aprel kuni mamlakatimizda har yili buyuk davlat arbobi va sarkarda, yirik markazlashgan davlat va mashhur sulola asoschisi, ilmu-fan namoyandalarini homiysi Sohibqiron Amir Temur Ko‘ragonni tavallud kunlari keng nishonlanadi. Mazkur tadbirlar alohida tantana bilan Temuriylar davlatini poytaxti – Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

  Bugun ham ushbu qutlug‘ sanani nishonlash Go‘ri-Amir maqbarasida an’anaviy Qur’on tilovati bilan boshlandi. Samarqand viloyat hokimi ishtirokida respublikamiz Qurolli Kuchlari, viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va professor-o‘qituvchilari, boshqa davlat tashkilotlari vakillari ishtirokida buyuk Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish marosimi tantanali ravishda o‘tkazildi. Tantanalarda rektor prof. J.A.Rizaev boshchiligidagi Samarqand davlat tibbiyot instituti xodimlari faol ishtirok etdilar.

6071bf1fa3d1a.jpg


SamDTI Matbuot xizmati