Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  «Fizika, biofizika va tibbiy fizika» kafedrasining 90 yillik tarixi

  Bugungi kunda respublikamiz tibbiyot institutlarida o‘qitilayotgan Tibbiy va biologik fizika fani «Davolash ishi», «Pediatriya ishi», «Stomatologiya ishi», «Tibbiy – profilaktika ishi», «Tibbiy biologik ish», «Farmatsiya», «Kasb ta’limi»»,«OXI» (Oliy hamshiralik ishi) va Xalq tabobatifakul’tetlarida mutaxassislar tayyorlashda muhim rol o‘ynamoqda.

  Fizika kafedrasi Samarqand tibbiyot instituti tashkil etilgan 1930 yilda o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lib, ma’ruzalarni dots. G.S.Kuznetsov o‘qirdi, amaliy va laboratoriya darslari esa 1937 yilgacha Samarqand Davlat universiteti o‘qituvchilari tomonidan o‘tkazilar edi.

  Kuznetsov Grigoriy Sergeevich 1896 yilda Saratov shaxrida tug‘ilgan. 1919 yilda Saratov universiteti tibbiyot fakultetini tugatgan. 1919–922 yillarda Fuqarolar urushiga qatnashgan. 1922 – 1932 yillarda Samarqand shaxridavrach rentgenolog, 1932 yilda SamDTI fizika kafedrasi mudiri, dotsent, keyinchalik rentgenologiya kursi ochib 1985 yilgacha mudirlik qilgan. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan vrach. 1986 yilda Samarqand shahrida vafot etgan.

  1938-1942 yillarda dotsent V.V.Pismenniy kafedraga mudirlik qilgan. A.A.Kochnev, R.I.Sivolapov, A.YU.YUsupov va boshqalar talabalarga dars berganlar va kafedra qoshida laboratoriya tashkil qilingan. 1942 yildan 1944 yilgacha Leningraddan ko‘chib kelgan professor A.M.Titov vaqtincha kafedra mudirligini bajargan. 1945 yildan 1954 yilgacha kafedra mudirligini yana dotsent V.V.Pismenniy davom ettirgan.

  Pismenniy Vladimir Vasilevich 1886 yilda Tiflis shaxrida tug‘ilgan 1908 yilda MDU(Moskva Davlat Universiteti) fizika fakultetini tugatgan. 1909 – 1927 yillarda o‘rta maktabdaishlagan. 1927 – 1933 yillarda Samarqand Pedagogika Akadimiyasida fizika kafedrasi assistenti, 1935-1954 yilda SamDTI fizika kafedrasi assistenti,dotsent va fizika kafedrasi mudiri vazifalarida ishlab kelgan. 1956 yilda Samarqand shahrida vafot etgan

  1954 yildan 1987 yilgacha«Tibbiy va biologik fizika» kafedrasini f.m.f.n., dotsent R.M.Malikov boshqardi.

  Malikov Rasul Malikovich 1928 yilda Buxoro viloyati SHofirkon tumanining «Tezguzar» kishlogida tug‘ilgan.1947-1952 yillarda SamDU-ning fizika fakul’tetida ta’lim olgan. 1968 yilda O‘zbekiston fanlar Akademiyasi YAdro fizikasi instituti qoshidagi mutaxasislashgan ilmiy kengashda fizika – matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan. 1970 yilda dotsent unvoniga sazovar bo‘ldi.

  Asta-sekin kafedrada shtat orta borgan sari o‘zgarishlar yuz bergan, shu davrda kafedrada ish boshlagan xodimlar: A.L.Lutfullaev, M.F.Babak, R.U.Muslimova, N.A.YUsupova, SH.A.Aripov, katta laborant Federmesser, laborant M.Surovsevlardir.

  1960 yillardan keyin O‘zbekiston Respublikasi yadro fizikasi institutida bajarilgan salmoqli ishlaridan biri Rasul Malikovich Malikov tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, biologik suyuqlik va to‘qimalardagi turli makro va mikro elementlarni neytronli-aktivatsiya tahlil usulini qo‘llash bilan aniqlashga bag‘ishlangandir. Neytronli-aktivatsion tahlil usuli faqatgina analitiklar uchungina emas, balki biolog va tibbiyotchilar uchun ham keng amaliy ahamiyat kashf etdi.

  A.L. Lutfullaev Samarqand shahrining rentgen xonalarida, radiologiya bo‘limlarida, davolash maskanlarida tibbiy xodimlar ishlash sharoitlarini o‘rgangan bo‘lsa, M.F.Babak, ultrabinafsha nurlanishining biologik effektini o‘rgandi.

  Dotsent M.R. Malikov 1968 yildan boshlab kafedra jamoasi qatoriga yoshlarni taklif qila boshladi. Sodiqov Naim Ochilovich (1968), Umarov Ko‘chim Umarovich (1969), Abraev CHori Abraevich (1970), Xoliqov Ubaydullo Xoliqovich (1971) va hokazo.

  1973-1997 yillar oralig‘ida f.-m.f.n., katta o‘qituvchi Z.I. Niyozova, f.-m.f.n., katta o‘qituvchi O‘.X. Suyunov, f.-m.f.n., dots. B.E. Eshpo‘latovlarkafedrada faoliyat ko‘rsatdilar va turli sabablarga ko‘ra kafedrani tark etdilar.

  (1970-1980) yillar oraligida dots. R.M Malikov, N.O. Sodiqov, U.X. Xoliqov yurak qon-tomirlari va muskullari mexanik xossalarini hamda ularda mikro va makro elementlar miqdorini aniqlash ishlarini amalga oshirdilar, natijalar bo‘yicha turli anjumanlarda ma’ruzalar bilan chiqish qildilar va maqolalar chop etdilar.

  SH.A.Aripov 1937 yilda Samarqand viloyatining Jomboy tumanida tug‘ilgan, 1961 yilda SamDU fizika fakultetini tugatgan 1964 yilda SamDTI «Tibbiy va biologikfizika» kafedrasi assistenti, 1970 yildan katta o‘qituvchi lavozimlarida ishladi. 1981 yilda biologiya fanlari nomzodligi uchun Ashgabad shaxrida dissertatsiya yoqladi.1982 yildanbiologiya fanlari nomzodi, 1983 – 1987 yillarda kafedra dotsenti, 1988–1995 yillarda esa SamDTI «Tibbiy va biologikfizika»kafedrasi mudiri vazifasida ishladi. 60 dan ortik ilmiy, o‘quv-uslubiy, ilmiy-ommobop maqolalar muallifi.

  1983 yilda Moskva shahrida K.U. Umarov, 1985 yilda CHelyabinsk shaxrida O.N. Normurodov, 1989 yilda Moskva shahrida M.A. Aburaxmonov, 1990 yilda Krasnoyarsk shahrida U.X. Xoliqovlar nomzodlik dissertatsiyalarini yoqladilar. Keyingi o‘n yillikda kafedraning ilmiy potensiali yanada o‘sdi.

  1996-1997 yillarga kelib kafedra ikki kursga aylantirildi, ya’ni «Tibbiy va biologik fizika» va «Kompyuter texnikasi» faqatgina uch kishi «Tibbiy va biologik fizika» kursida faoliyat ko‘rsatdi: dots. SH.A.Aripov, dots. N.O.Sodiqov, ass.U.X.. Xoliqov.

  1998 yilning 12 noyabridan boshlab kafedra qayta tiklandi va kafedra “Biofizika va kompyuter texnikasi” deb nomlandi. Rektorning buyrug‘i bilan dots. N.O.Sodiqov kafedra mudirligiga tayinlandi. 1999 yil avgust oyida tanlov asosida “Biofizika va kompyuter texnikasi” kafedrasi mudiri lavozimiga dotsent N.O.Sodiqov saylandi.

  Sodiqov Naim Ochilovich 1945 yilning 8 iyunida Buxoro viloyati SHofirkon tumanining«Tezguzar» kishlogida tug‘ilgan.1951 – 1961 yillarda Buxoro viloyati Qiziltepa tumani A.Navoiy nomli maktabining to‘la kursini tugatgan. 1961 –1966 yillarda Buxoro Davlat Universiteti (sobiq Buxoro Davlat Pedagogika instituti)ning fizika- matematika fakultetida taxsil olgan va tula kursini 1966 yilda tugatgan. 1966 yil noyabr oyidan 1968 yil yanvar oyigacha Ukraina Respublikasining Novograd – Volinskiy va Kremenets shaharlarida harbiy xizmatda bulgan. Xarbiy unvonizoxiradagi kapitan.Jami ilmiy maqolalarisoni 210 ta chop etilgan bo‘lib, shundan keyingi 5 yilda 44 ta chop etilgan. Jami o‘quv – uslubiy maqolalar soni 45 ta, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar32 ta. Sodiqov N.O. Toshkent shahrida 1985 yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi YAdro fizikasi instituti koshida nazariy va matematik fizika sohasida “Kichik impuls berilganda ikki glyuonli almashinuv modelidagi difraksion jarayonlar”(“Difraksionnыe protsessыpri malыx peredannыx impulsax v modeli dvuxglyuonnogo obmena”) mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Sodiqov N.O. o‘z ilmiy izlanishida ikki kvarkli va uch kvarkli sistemalar, kvantli xromodinamika, Born yaqinlashuvi, eksklyuziv va inklyuziv difraksiyalari haqida muhim ishlarni amalga oshirdi. Olingan natijalar xorijiy mamlakatlar (Parij 1982 yil, Moskva 1982-1983 yillar) yuqori energiya fizikasi bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro konferensiyalarda tavsiya qilingan va maqola sifatida chop qilingan.

  2001 yilning sentyabrida kafedra xodimlarining soni 16 kishiga etdi, shundan 5 kishi yordamchi xizmatchilar edi.SHtatlar taqsimoti qo‘yidagicha: Kafedra mudirif.-m.f.n., dots.N.O.Sodiqov, f.-m.f.n. dots. K.U.Umarov, f.-m.f.n., katta o‘qituvchiU.X.Xoliqov, f.-m.f.n., katta o‘qituvchi M.A.Abduraxmonov, p.f.n., katta o‘qituvchi O.N.Normurodov, f.-m.f.n., katta o‘qituvchi M.R.Malikov, f.-m.f.n., o‘qituvchi B.N.Burxonov, o‘qituvchi V.V.Korneva, o‘qituvchi SH.U.O‘roqov, o‘qituvchi U.Qurbonova, o‘qituvchi A.A.O‘sarov, laborant M.Kaxxorov,muxandis R. Toshpulatov, katta laborant F.Molopova, laborantlar S.Adilova, D.Xolbutaevalar ishladilar.

  2004 yilning sentyabrida kafedra shatatlari qo‘yidagi xodimlardan iborat bo‘ldi: Kafedra mudiri f.-m.f.n., dots.N.O.Sodiqov., f.-m.f.n., dotsentlar R.M.Malikov, K.U.Umarov, U.X.Xoliqov, p.f.n., katta o‘qituvchi O.N.Normurodov, f.-m.f.n., dots. V.b M.R.Malikov, f.-m.f.n., katta o‘qituvchi B.N.Burxonov, katta o‘qituvchi SH.U.O‘roqov, o‘qituvchi S.Abdullaeva, o‘qituvchi va katta laborant. U.Qurbonova, laborant D.Xalilova.

  2005 yil 19 yanvardan boshlab 1 – kurs talabalar soni ortganligi, o‘quv yuklamasi ko‘payganligi munosabati bilan «Tibbiy va biologik fizika, tibbiy texnika va yangi texnologiyalar» va «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedralari tashkil etildi. 2005 yil 1 martdan boshlab kafedralar yana qayta qo‘shilib «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi, «Tibbiy va biologik fizika, tibbiy texnika va yangi texnologiyalar» kursi bilan deb nomlandi. Bu kursda faoliyat yurituvchi o‘qituvchilar va yordamchi xizmatchilar qo‘yidagi kishilardan iborat: kurs mudiri etib f.-m.f.n., dotsent Sodiqov N.O. tayinlandi, f.-m.f.n., dotsent Malikov R.M., f.-m.f.n., dotsent Umarov K.U., p.f.n., katta o‘qituvchi Normurodov O.N., f.-m.f.n., katta o‘qituvchi Burxonov B.N., o‘qituvchi Qurbonova U.K. (0,5 katta laborantlik lavozimini ham bajaradi), laborant Xalilova D.T., laborant Saidmurodova G.T.Jami 8 kishini tashkil etadi.

  2008 yilning sentyabrida «Tibbiy va biologik fizika, tibbiy texnika va yangi tibbiy texnalogiyalar» kafedrasi xodimlar shtat bo‘yicha quyidagilarni tashkil etgan: Kurs mudiri f.-m.f.n., dots. N.O. Sodiqov., f.-m.f.n., dotsentlar .R.M. Malikov, K.U. Umarov, f.-m.f.n., kattao‘qituvchiB.N. Burxonov, f.-m.f.n., assistentM.H. Jalilov, f.-m.f.n. assistant A.A. O‘sarov,laborantlar M. Karaboevava, B. Abduraxmonova.

  2019 yilning sentyabrida «Tibbiy va biologik fizika» kursi xodimlari shtat bo‘yicha quyidaglarni tashkil etdi: Kafedra mudiri f.-m.f.n., dots. N.O.Sodiqov., f.-m.f.n., katta o‘qituvchi B.N. Burxonov, f.-m.f.n. assistent M.H. Jalilov, assistent SodiqovM.N., assistent XamroevJ.X., kattao‘qituvchi SH.N.Xudoyqulova, o‘qituvchi TemirovF.N., o‘qituvchi Axrorov M.N., f.-m.f.n. o‘qituvchi A.A. O‘sarov,o‘qituvchi ErgashevA.J.va laborant M.Muxammadieva.

  2020 yilning sentyabrida «Tibbiy va biologik fizika» kafedrasi xodimlari shtat bo‘yicha quyidagilarni tashkil etdi: Kafedra mudiri f.-m.f.n., dots. N.O.Sodiqov., f.-m.f.n., katta o‘qituvchi B.N. Burxonov, f.-m.f.n. assistant M.H. Jalilov, assistent Sodiqov M.N., assistent Xamroev J.X., katta o‘qituvchi SH.N.Xudoyqulova, o‘qituvchi Temirov F.N., o‘qituvchi AxrorovM.N., f.-m.f.n. o‘qituvchi A.A. O‘sarov,o‘qituvchi Ergashev A.J.

  Samarqand Davlat tibbiyot instituti ilmiy kengashining28- aprel 2021 yildagi 9- sonly yigilish qaroriga binoan kafedra nomi «Fizika, biofizika va tibbiy fizika» deb nomlandi va professor - o‘qituvchi xodimlari shtat bo‘yicha quyidagilarni tashkil etdi: Kafedra mudiri f.-m.f.n., dots. N.O.Sodiqov., f.-m.f.n., katta o‘qituvchi B.N. Burxonov, f.-m.f.n., dots.v.b. M.H. Jalilov, assistent Sodiqov M.N., assistent J.X.Xamroev, katta o‘qituvchi SH.N.Xudoyqulova, assistent Temirov F.N., assistent Axrorov M.N., f.-m.f.n. assistent A.A. O‘sarov, stagierassistent Ergashev A.J., laborant M. Karaboevava.

  2021 yildan boshlab “Fizika, biofizika va tibbiy fizika” kafedrasi mudiri etib, t.f.n., dotsent Sh.U.Uraqov tayinlandi. Uraqov Shokir Ulashovich 1974 yilda Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanining «Tarag`ay» qishlog`ida tug‘ilgan. 1993-1998 yillarda Samarqand Davlat universitetining fizika fakultetida taxsil olgan. Sh.U.Uraqov 2018 yil 28 aprelda-Muxammad Al - Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Gibrid intellektual tizimlarda kollegial diagnostik qarorlarni qabul qilishning algoritmlari va usullari» mavzusida 05.01.02–«Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash» (texnika fanlari). ixtisosligi bo'yicha himoya qilgan.

  2018 yil Respublikada tibbiyot oliy o'quv yurtlari o'rtasida o'tkazilgan yilning eng yaxshi shifokori ko'rik - tanlovida «yilning eng yaxshi o'qituvchisi» nominatsiyasi g'olibi. 1 nafar fan nomzodi ilmiy rahbari. 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta monografiya va 100 ga yaqin ilmiy maqolalar muallifi.

    Hozirgi kunda  kafedrada 3 nafar dotsent, 2 nafar fan nomzodlari., 1 nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar assistent va 1 nafar stajiyor assistentlar faoliyat yuritib kelishmoqda. 

    Jumladan: kafedra mudiri t.f.n., dotsent Sh.U.Uraqov, kafedra dotsenti f-m.f.n.Sodiqov N.O., kafedra dotsenti f-m.f.n.Jalilov M.H., katta o‘qituvchilar f-m.f.n.Burxonov B.N. va Xudoyqulova Sh.N.,  kafedra assistenti f-m.f.n.O’sarov A.A., ass.Temirov F.N., ass.Xamroyev J.X., ass.Axrorov M.N., ass. Ergashev A.J., stajiyor.ass. Nabiyev A.A., laborant  Qoraboeva M.A