Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Nurnazarov Erkin Nosirovich

Kattaqo‘rg‘on jamoat salomatligi texnikumi direktori

Qabul vaqti:

Dushanba-shanba 09:00-17:00

Tel:

+998 (99) 310 40 62

E-mail: k.texnikum@mail.ru
Manzil:

Kattaqo‘rg‘on shahar, Umar Xayyom ko‘chasi, 221 uy


TARIXI



  Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi sobiq Ministrlar Sovetining 1966 yil 6 maydagi 1001-R sonli farmoyishi asosida, 1966 yil 26 iyuldan avvalgi maktab internat binosida tashkil etilgan. Dastlab «Hamshiralik ishi» mutahassisligi buyicha 60 ta O`quvchi qabul qilingan. Keyinchalik «Doyalik», «Bolalar muassasi hamshirasi», «Stomatologiya ishi», «Farmasiya ishi» yunalishlari buyicha bo‘limlar ochilib, bugungi kungacha juda ko‘plab o`rta ma`lumotli tibbiyot hodimlarini yetishtirib bergan.

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 12 iyundagi «O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tuzilmasini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida»gi 253-sonli qaroriga asosan Kattaqo‘rg‘on shahridagi 7-son kasb-hunar maktabi binosi rekonstruksiyadan chiqarilib, Samarqand viloyat o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2003 yil 30-avgustdagi 159-sonli buyrug‘i hamda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligining 2003 yil 9-oktyabrdagi 805-K sonli qaroriga asosan tibbiyot kollejiga olib berildi va 2004 yildan boshlab 1200 urinli tibbiyot kolleji uchun foydalanishga topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Professional ta`lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida” gi PF-5812-sonli farmoniga asoasan Kattaqo`rg`on tibbiyot kollejiga Kattaqo‘rg‘on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi maqomi berildi.

  Texnikumda “Hamshiralik ishi”, “Feldsher-akusherlik ishi”, “Feldsher-laborantlik ishi”, “Tibbiy profilaktika ishi”, “Stomatologiya ishi”, “Farmatsiya ishi” bo‘limlari mavjud bo‘lib ularda Respublikamizning turli viloyatlaridan kelgan 2000 dan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Texnikumda 3 ta o‘quv binosi. 400 o‘rinli o‘quvchilar turar joyi, 300 o‘rinli oshxona hamda 100 o‘rinli qiroatxonaga ega bo‘lgan kutubxona mavjud bo‘lib, to‘liq faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, bilim yurti bitiruvchilaridan el dardiga malham bo‘layotgan qo‘li em shifokorlar, olimlarning yetishib chiqqanligi Kattaqo‘rg‘on jamoat salomatligi texnikumining nufuzini yanada oshiradi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Samarqand viloyati kardiologiya markazi vrachi Shavkat Izayev, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Samarqand viloyati travmatologiya bo`limi vrachi Nurali Eronov, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining inspektori Mayri Ganiyeva, tibbiyot fanlari nomzodi, Toshkent sud-tibbiyot eksperti M.A.Hasanova, shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi bosh vrachi o‘rinbosari lavozimida ishlagan D.F.Nurullayeva, ginekolog vrachlar R.Xolova, N.Normurodova va M.Hamroqulovalar, vrach-pediatr X.Otaniyozova, infeksionist O.Halilov, vrach-xirurg D.O`sarov, Ingichka shaharchasi bosh vrachi lavozimida ishlagan O.X. Qobu0lov, AQSh da gospital hamshirasi bo‘lib ishlayotgan Dora Yunayeva, Aleksandra Axminovalar, Isroil davlatida gospital hamshirasi bo‘lib ishlayotgan Mira Katayeva va Svetlana Niyozovalar aynan Kattaqo‘rg‘on tibbiyot bilim yurtida kasb sirlarini o‘rganganlar. O‘quv yili davomida o‘quvchilarga chuqur bilim berish, ularni bug0ungi kun talabiga mos keladigan mutahassis qilib tayyorlash, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Sog‘lisni saqlash tizimini isloh qilishning Davlat dasturi» kabi hujjatlarda belgilangan vazifalarni hayotga keng tadbiq etish maqsadida texnikum o‘qituvchi-hodimlari juda ko‘p ijobiy ishlarni amalga oshirib kelishmoqda. Texnikumda jami bo‘lib o‘quv bazalari bilan birgalikda 139 ta o‘quv honalari mavjud. Shundan 119 tasi texnikum o‘quv binolarida, 20 ta shahar birlashagan shifohonalarda joylashgan. Bundan tashqari texnikumda 18 ta Klinik smulyatsion xonalar tashkil etilgan.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Ta’lim jarayonining yuqori samaradorligini ta’minlash, o‘quvchilarning tashabbuskorligini, ilmiy tadqiqotlarga intilishini va ijodiy mahoratini oshirish maqsadida kollejda “Iqtidorli bolalar markazi” tashkil etilgan. Har bir kafedra kesimida iqtidorli bolalar ro‘yxatlari shakllantirilgan va fanlardan alohida bolalar bilan ishlash dasturlari, rejalari ishlab chiqilgan. “Iqtidorli qizlar klubi” tashkil etilgan bo‘lib, ular fan, adabiyot, ta’lim, madaniyat va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritmoqdalar. Jumladan, iqtidorli o‘quvchilar ishtirokida “Zakovat” bellashuvi, “Orasta qizlar”, “Barhayot an‘analar”, “Navro`z va qadriyatlar”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Amir Temur avlodlari” ko‘rik-tanlovlari o‘tkaziladi.


  Texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlarni mustaqil va erkin fikrlash, tafakkurini shakllantirish hamdag‘oyaviy tarbiyani kuchaytirish, ularni ona-Vatanimizga sadoqat ruhida tarbiyalash, o‘quv tarbiyaviy-jarayonni yanada takomillashtirish, milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish” to‘g‘risidagi “Ma‘naviyat kuni” doirasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilgan, Xususan, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti asarlari, ma’ruzalari, nutqlari mazmun-mohiyatini, bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, kеng ko‘lamli islohotlar, qabul qilingan qonun hujjatlarining ahamiyatini atroflicha tushuntirish, yoshlarnig‘oyaviy-siyosiyjihatdanshakllantirish maqsadida“Mustaqillik dars”lari,millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikеnglik,mustaqillikning har qaysi avlod taqdiriga bеqiyos ta‘siri, qadr-qimmati, avlodlar o‘rtasida an’analar davomiyligi to‘g‘risida tadbirlar tashkil etilgan.


O'QUV VA O'QUV-METODIK ISHLARI


  O‘qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;

– Davlat ta`lim standarti;

– Namunaviy o’quv dasturi;

– Ishchi o’quv dasturi;

– O’zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2020 yil 4 sentyabrdagi 465 son buyrug’iga asosan o`qitish materiallari to`plamlari yaratilib o`quv jarayoni tadbiq etilmoqda.

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud: Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi.

  Texnikum kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 3000 mingdan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid yangi ma`lumotlarni olish uchun enternet tarmog`iga ulangan 15 ta komyuterlar mavjud.


ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


  Texnikumning ilmiy-tadqiqot ishlari yosh avlodni mustaqillik g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining turli jihatlari bo'yicha olib borilmoqda.

  Texnikumning barcha pedagoglari texnikum ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar.

Kattaqo`g`on Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi pedagog xodimlar to`g`risida

MA`LUMOT

Jami o‘qituvchilar soni

O‘rindosh

Asosiy

Shundan

Fan nomzodi

Bosh o`qituvchi

Yetakchi o`qituvchi

Katta o`qituvchi

OMO`

O`MMO`

1

91

26

65

2

3

7

20

29

2

  So‘nggi 3 yil ichida texnikum pedagoglari tomonidan 20 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan 6 ta darslik, 8 ta o‘quv qo'llanma, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 10 dan ortiq maqolalar nashr etilgan.

Texnikumda 18 ta klinik smulyatsion xonalar tashkil etilgan.