Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i

Jurayev Sherzod

Qabul vaqti Dushanba-Shanba: 08:30-17:00
Tel: (0366)233-27-44
Faks: (0366)233-27-44
Veb - sayt:
http://int.sammi.uz
E-mail:

international.department@sammi.uz, aminov.zafar@sammi.uz

Manzil : Samarqand shahar, Amir Temur ko'chasi 18 -uy

XALQARO ALOQALAR BO'LIMI


  Xalqaro aloqalar bo'limi - bu Samarqand Davlat tibbiyot universitetining (SamDTU) tarkibiy bo'linmasi.

  Bo'lim o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining qonunlari asosida amalga oshiradi.

  Xalqaro aloqalar bо‘limi universitetning xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan hamkorlikni yо‘lga qо‘yish, eng sо‘nggi о‘quv va ilmiy tajribalarni о‘rganish va ularni ta’limga tadbiq etish, talaba va professor-о‘qituvchilarni dunyoning nufuzli ta’lim muassasalarida tajriba orttirib qaytishi kabi tashkiliy ishlarni muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi bо‘limdir.


BO'LIM MAQSADLARI


  • SamDTU ma'muriyati rahbarligi ostida barcha tarkibiy bo'linmalar faoliyatini boshqarish va muvofiqlashtirish:
  • xalqaro standartlarga javob beradigan professional va umumiy madaniy vakolatlarga ega bo'lgan O'zbekiston va xorijiy davlatlar uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash;
  • xorijiy universitetlar, muassasalar, tashkilotlar va fondlar bilan xalqaro ilmiy loyihalar, dasturlar, shartnomalar, grantlar va hamkorlikning boshqa shakllari orqali SamDTUni xalqaro miqyosda tan olingan innovatsion ilmiy-o'quv, tahliliy, maslahat va dizayn markaziga aylantirish maqsadini amalga oshirish .

BO'LIM VAZIFALARI


  • SamDTUning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo'yicha tadbirlarni ishlab chiqish va tashkil etish;
  • SamDTU faoliyatini xalqaro tashkilotlar, proyektlar, dasturlarda kengaytirish;
  • SamDTUga rasmiy, ishchi, norasmiy (xususiy) tashriflar bilan kelgan xorijiy delegatsiyalarni qabul qilishni tayyorlash va o'tkazish;
  • Xorijiy o'qituvchilarni SamDTUda ma'ruza o'qishga jalb qilish;
  • Akademik harakatchanlikni ta'minlash;
  • Xorijiy sherik universitetlar bilan birgalikda yozgi va qishki maktablarni tashkil etish va ularning ishlarida SamDTU talabalari va aspirantlarining ishtirokini ta'minlash;
  • Inklyuziv ta'lim dasturlarini ishlab chiqish va ta'minlash;
  • Ikki darajali dasturlarni ishlab chiqish va qo'llab-quvvatlash;
  • O'zbekiston hududida joylashgan Evropa va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari bilan aloqalarni qo'llab-quvvatlash;
  • Delegatsiyalarning uchrashuvlarni tashkil etish va protokol hamrohlik bilan ta'minlash;

BO'LIM FUNKSIYALARI


  • SamDTU xalqaro hamkorligini tashkiliy, uslubiy va vakilli ravishda ta'minlash;
  • Hamkorlikning ustuvor yo'nalishlarini aniqlash, SamDTU xalqaro aloqalarini uzoq muddatli rejalashtirish, aloqalarni umumuniversitet darajasida o'rnatish uchun sherik OTMlarni izlash va tanlash, ular bilan qo'shma tadbirlar rejalari va dasturlarini ishlab chiqarishida ishtirok etish, xalqaro almashinuvlarni amalga oshirish;
  • Xalqaro ta'lim va ilmiy loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish;
  • SamDTUning xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalari, tashkilotlari va fondlari bilan hamkorlik dasturini yaratish va ish dasturlarini amalga oshirish;
  • Xalqaro akademik aloqalar, almashinuv va harakatchilikni o'zaro muvofiqlashtirish va amalga oshirish, shu jumladan talabalar, aspirantlar va o'qituvchilar tarkibining akademik harakatchanligini ta'minlash maqsadida axborot-tahliliy baza yuritish hamda xalqaro hamkorlikni qo'llab-quvvatlash;
  • Xalqaro hamkorlik va akademik almashinuvni amalga oshirilayotgan SamDTU fakultetlari, kafedralari va bo'limlariga yordam berish va ishlarni muvofiqlashtirish, xalqaro konferentsiyalarni tashkil etish va chet el universitetlari, muassasalari, tashkilotlari bilan aloqalarni saqlash;
  • SamDTUga rasmiy, ishchi, norasmiy (xususiy) tashriflar bilan kelgan xorijiy delegatsiyalarni qabul qilish, konferentsiyalar tayyorlash va o'tkazish bilan bog'liq protokol tadbirlarini amalga oshirish.

 BO'LIM XODIMLARI


Z.A.Bo’riyeva – uslubchi.

Sh.U.Ibragimov – uslubchi.

K.F. Rayimjanova – uslubchi.