Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

O`zbekiston Yoshlar Ittifoqi Samarqand davlat tibbiyot universiteti boshlang`ich tashkiloti

Abbasov Xojimuhammad Xabibullayevich

Rektorning yoshlar masalalari bo’yicha maslahatchisi

Universitet yoshlari yetakchisi.


Qabul vaqti: Dushanba-Shanba: 15:00-18:00
Tel: +998(90) 191-11-99
Факс: (0366)233-71-75
E-mail: yoshlarittifoqi@sammi.uz
Manzil: Samarqand shahar. Amir Temur ko`chasi 18

Yoshlar ittifoqining maqsad va vazifalari

  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, yoshlarni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ittifoq tashkiliy-huquqiy shaklida tuzilgan, O‘zbekiston yoshlarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.

  Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

  Ittifoqning asosiy maqsadi yoshlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekistonni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirishi jarayonlariga jalb qilish hamda yosh avlodning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash, yigit-qizlarning ma’naviy va kasbiy saviyasini yuksaltirish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishdan iborat.

Ittifoqning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasi va qat’iy e’tiqodiga ega, jamiyat hayotida munosib o‘rin egallash, mamlakatni isloh qilish, yangilash jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir yoshlarni shakllantirish, ularning siyosiy madaniyati, huquqiy savodxonligi va huquqiy ongini yuksaltirish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;
  • yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning zamonaviy kasblarni egallashga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish;
  • iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ilmiy faoliyatga jalb qilish;
  • yoshlar, xususan uyushmagan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyatni shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga keng jalb qilish;
  • yoshlarni, xususan uyushmagan yoshlarni diniy-ekstremistik va boshqa buzg‘unchi tashkilotlar ta’siridan, chetdan “ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan salbiy ta’sir va tahdidlardan asrash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni profilaktika qilish va oldini olishga ko‘maklashish va boshqalar.

  Ittifoqqa yuridik va jismoniy shaxslar Ustavda belgilangan tartibga asosan a’zo bo‘lish mumkin. Ya`ni, Ittifoqning maqsadini qo‘llab-quvvatlash istagini bildirgan,14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida muntazam yashab kelayotgan fuqaroligi bo‘lmagan jismoniy shaxslar Ittifoqning a’zosi bo‘lishi mumkin
  Shu bilan birga yoshlar sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar sohasiga oid korxona, muassasa va tashkilotlar hamda ta’sis hujjatlari Ittifoqning Ustav maqsadlari, vazifalari va dasturiy hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa yuridik shaxslar ham Ittifoqqa a’zo bo‘lishi mumkin.

Ittifoqning rahbar organlariga quyidagilar kiradi:

  • Qurultoy;
  • Markaziy Kengash;
  • Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi;
  • Markaziy nazorat-taftish komissiyasi.

Ittifoqning tuzilmasigaquyidagilar kiradi:

  • Ittifoqning Markaziy apparati;
  • Ittifoqning hududiy tuzilmalari;
  • Ittifoqning mahalliy tuzilmalari;
  • Ittifoqning boshlang‘ich tashkilotlari;
  • Ittifoqning to‘liq muassisligidagi yoki qoshidagi korxona, tashkilot va muassasalar, shu jumladan ommaviy axborot vositalari.

  Shuningdek, Ittifoq va uning alohida bo‘linmalari qoshida tegishli ravishda bolalar yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat olib boruvchi “Kamalak” sho`balari tashkil qilinadi. Ular Ittifoq va uning alohida bo‘linmalarining sho‘basi hisoblanadi.


Yoshlar ittifoqi tarixi


  O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining 2017 yil 30 iyun kuni bo‘lib o‘tgan IV qurultoyi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil topgan kun 30-iyun sanasi mamlakatimizda “YOSHLAR KUNI”, deb e’lon qilingan.

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida O`zbekiston yoshlar ittifoqi 2017-yilda tashkil etilgan va shu shu davr mobaynida quyidagilar yoshlar yetakchilari lavozimida ishlab kelganlar:

2017-2020 yillar Mardonov Bobosher Amirovich

  2020-yil aprel oyidan boshlab Abbasov Xojimuhammad Habibullayevich Rektorning yoshlar siyosati masalalari bo’yicha maslahatchisi O’zbekiston yoshlar ittifoqining universitetdagi boshlang’ich tashkilot yoshlari yetakchisi etib tayinlandi.


O`ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TASHKILOTI YOSHLAR KENGASHI


AZIMOVA AZIZA AZIMOVANA

“Intellektual loyihalar” koordinatori


SAFARALIYEV DONIYOR DIYORJON O’G’LI 

Besh tashabbus loyihalari  koordinatori


XASANOV MUHAMMADQODIR KAMOLIDDIN O’G’LI

Harbiy vatanparvarlik loyihalari koordinatori


MIRZOYEV RAJABALI ILHOMOVICH 

Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori


RUSTAMOV TIMUR RASHIDOVICH

“Yoshlar daftari”va metsinatlik loyihalari koordinatori


RAHMONQULOVA RAYHONA TO’QIN QIZI 

Talaba qizlar  koordinator


O`ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TASHKILOTI FAKULTET KOORDINATORLARI


HAQBERDIYEV ASADBEK  JAHONGIR O’G’LI 

1-son Davolash fakulteti koordinatori


OCHILOV OYBEK  ZAYNIDDIN O’G’LI 

2-son Davolash fakulteti koordinatori


MAMARAIMOV IBROHIM XAYRULLO O’G’LI

Pediatriyafakulteti koordinatori


ALIQULOV OG’ABEKAKMAL O’G’LI

Stomatologiya fakulteti koordinatori


OCHILOV SARDOR  ABDUG’ANI O’G’LI

Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti fakulteti koordinatori


SHAMSIDDINOVA MADINABONU  SHUXRAT QIZI

Tibbiy pedagogika , xalq tabobati va oliy hamshiralik fakulteti koordinatori


YULDASHEV BEKTOSH ALISHEROVICH

Farmatsiya fakulteti koordinatori


O`ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI BOSHLANG`ICH TASHKILOTI SamSMU UNION TALABALAR ASSOTSIATSIYASI 

KIYAMOV AZIZBEK UTKIROVICH 

SamSMU union talabalar assotsiatsiyasi prezidenti