Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Talabalar turar joyi haqida.

  Institutda jami 1100 oʼringa moʼljallangan 3 ta talabalar turar joylari faoliyat koʼrsatmoqda.

  1-son talabalar turar joyi Dahbed koʼchasi 37-uyda, 2-son Talabalar turar joyi Dahbed koʼchasi 41-uyda va 3-son talabalar turar joyi Gʼiyosiddin Jamshid koʼchasi 17-uyda joylashgan.
  Ushbu talabalar turar joylarida institutda tahsil olayotgan 1100 talabalardan Koreya Respublikasi, Buyuk Britaniya, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Turkiya, Pokiston Islom Respublikasi, Hindiston Respublikasi, Afg’oniston va Qirg’iziston Respublikalaridan ham kelib oʼqiyotgan talabalar, hamda qoʼshni viloyatlardan malaka oshirishga kelgan vrachlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib, mazkur turar joylar zamon talablari darajasiga keltirilgan.
  Institut talabalar turar joylaridagi «Maʼnaviyat va maʼrifat» xonalari yuqori saviyada jihozlangan, qattiq va yumshoq mebellar qoʼyilgan, gilamlar toʼshalgan.
  Talabalar turar joylarida institut kutubxonasi filiallari tashkil qilingan boʼlib 3000 dan ortiq tegishli adabiyotlar bilan boyitilgan.   Talabalar turar joylarida yashayotgan barcha talabalar mazkur kutubxonalarga aʼzo boʼlishgan.
  Turar joylarda talabalarning madaniy dam olishlari uchun barcha qavatlarga televizorlar qoʼyilgan va barcha xonalar yangi yumshoq mebellar bilan taʼminlangan.
  Talabalar uchun barcha qavatlarda yuvinish xonalari mavjud va ular issiq suv bilan taʼminlangan. Muntazam ravishda issiqlik bilan taʼminlash maqsadida zamonaviy isitish tizimlari oʼrnatilgan.
Talabalar turar joylarida dars tayyorlashlari uchun soʼnggi modeldagi kompyuterlar bilan ta'minlangan bo'lib, WI-FI orqali internet tarmogʼiga ulangan.