Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

QABUL QILISH TARTIBI

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetida (SDTI) ta'lim olish uchun chet el fuqarolari SDTIda mavjud bo'lgan istalgan fakultet va yo'nalishlarni tanlash huquqiga ega. Institutning fakultetlari va o'quv dasturlari to'g'risida batafsil ma'lumotni shu havolani bosib olishingiz mumkin:

(https://www.sammi.uz/en/pages/medical_faculty)

  Qabul qilish qoidalari:

  Chet davlatlarning fuqarolari biologiya, kimyo va o'qitish (rus, ingliz) tili bo'yicha suhbat (og'zaki imtihon) asosida SSMIga qabul qilinadilar.

Imtihon fanlari: biologiya, kimyo, ingliz tili, rus tili.

  Suhbatda, yani og'zaki imtihonda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni topshirishingiz kerak:

- SSMI rektori nomiga ariza, ta'lim shakli, yonalishi va tili ko'rsatilgan bo'lishi kerak (ko'chirib olish);

- aloqa ma'lumotingiz (yashaydigan joyingiz manzili, elektron pochta va aloqa telefon raqamingiz);

- O'qigan fanlaringiz va ulardan olgan baholaringiz (ballari) ko'rsatilgan attestat/diplomning asl nusxasi va kopiyasi, rus yoki o'zbek tiliga notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan;

- milliy va xorijiy pasport kopiyalari bilan (yashash uchun ruxsatnomangiz bo'lsa, uning nusxasini ham taqdim etishingiz kerak);

- 3,5 x 4,5 smlik 6 ta fotosurat.

Yuqoridagi barcha hujjatlar shaxsan topshirilishi yoki elektron pochta manziliga yuborilishi mumkin: international.department@sammi.uz

  Qo'shimcha ma'lumot uchun shu nomerlar orqali biz bilan bog'laning:

+998 66 233 2744

+998 97 917 9173

  E-mail: international.department@sammi.uz