Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Og‘iz bo‘shlig‘i jarrohligi va dental implantologiya kafedrasi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 23.09.2020 yildagi O‘RQ-637-sonli TA’LIM TO‘G‘RISIDAGI qonun va 28.01.2022 yildagi PF-60-son 2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA farmonlari ijrosini ta`minlash, Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishi maqsadida 2021-yil 30-iyunda Samarqand Davlat Tibbiyot Institutinig 11-sonli Ilmiy Kengashi qaroriga asosan, Yuz-jag‘ xirurgiyasi kafedrasi ikkiga ajratililishi natijasida “OG‘IZ BO‘SHLIG‘I JARROHLIGI VA DENTAL IMPLANTOLOGIYA” tashkil qilingan. Kafedra mudiri etib PhD Xazratov Alisher Isomiddinovich tayinlandi.

  Xazratov A.I. 1992 yilda Samarqand viloyati Payariq tumanida tug‘ilgan. 2016-yilda Samarqand davlat tibbiyot institutining stomatologiya fakultetini tamomlagan. 2016 - 2019 yillar – Toshkent Davlat Stomatologiya instituti yuz-jag‘ xirurgiyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura rezidenti va 2021 yilda professor J.A.Rizayev rahbarligida “Yo‘g‘on ichak raki bilan og‘rigan bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘ining morfofunksional holati (klinik-eksperimental tadqiqot)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

   Kafedramiz Samarqand shahri Maxmud Koshg‘ariy ko‘chasi 90 joylashgan. Shuningdek SamDTU bolalar xirurgiyasi klinikasi, “Doctor Ilhom” xususiy klinikasida bazalarimiz joylashgan.

  Kafedramizda asosiy binosida 2022 – 2023 o‘quv yili oldidan kapital ta’mirlash ishlari olib borildi va kafedramiz asosiy binosi o‘quv-klinik bazaga aylantirildi.

  Kafedra 2022 yilning aprel oyida to`liq kapital remontdan chiqdi va ochlish marosimi bo`lib o`tdi. Ochlish marosimida universitetimiz rektori professor J.A. Rizayev tomonidan nutq so`zladilar. Universitetimiz rektori professor J.A. Rizayev, o`quv ishlari prorektori dotsent N.A.Yarmuxammedova, kasaba uyushmasi raisi professor Y.N.Allayarov va stomatologiya fakulteti dekani dotsent A.A.Ahmedovlar tomonidan ochib berildi.

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti tomonidan 2022 yilning 25-26 fevral kuni professor S.E.Kubayev xotirasiga bag`ishlangan “ZAMONAVIY STOMATOLOGIYA VA YUZ-JAG` JARROHLIGINING INNOVATSION YONDASHISH VA ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida kafedraga professor Kubayev S.E. nomli OG‘IZ BO‘SHLIG‘I JARROHLIGI VA DENTAL IMPLANTOLOGIYAkafedra nomi berildi.