Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

2-son davolash fakultetining iqtidorli talabalari taqdirlandi

  Samarqand davlat tibbiyot universitetida tahsil olib kelayotgan talabalarning o‘z bilim va salohiyatlarini, iqtidorlarini namoyon etishlari uchun ko‘plab tanlovlar va tadbirlar, ilmiy musobaqalar tashkil etib kelinadi. Yil davomida o‘z bilimi va faolligi bilan namuna bo‘la olgan talabalar universitet tomonidan munosib taqdirlanadi.

  Joriy yilning 3-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2-son davolash fakultetida “Dekan va talabalar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda fakultet dekani Xamidov Obid Abduraxmanovich talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ularning ta’lim jarayonlari haqidataklif va mulohazalari va savollari yuzasidan fikr almashildi.

  Shuningdek, uchrashuv davomida fakultetda o‘qishi davomida tengdoshlari orasida o‘zining iqtidorli va faol yaratuvchanligi, izlanuvchanligi hamda 2022-2023-o‘quv yili davomida barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirganligi uchun fakultet miqyosida o‘tkazilgan “YIL TALABASI” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar munosib taqdirlandi. Jumladan, Murodxon Kamolov, Janobiddin Fazliddinov, Oybek Ochilov, Ramiz Shavazi hamda Zarina Umarovalar turli nominatsiyalar bo‘yicha munosib deb topilib, diplom va ko‘krak nishonlari topshirildi.

  Tadbirda ijro etilgan raqslar va kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.



SamDTU matbuot xizmati