Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

  Joriy yilning 3-aprel sanasida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi xodimlari va Samaqrand davlat tibbiyot universiteti xodimlari hamda talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov, SamDTU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori E.Tangirov, Samarqand davlat tibbiyot universiteti kasaba uyushma boshlang‘ich tashkiloti raisi Y. Allayarov, universitet xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.

  Tadbirda so‘zga chiqqan viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov bugungi kunda mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlarga yaratilayotgan ulkan imkoniyatlar haqida so‘z yuritib, yoshlarni bunday imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirdi. Shuningdek, kasaba uyushmalari tizimida yoshlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi. 

  Uchrashuv so‘ngida SamDTU ning bir guruh faol xodimlari hamda talabalariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda Xorazm viloyatiga yo‘llanma olish imkonini beruvchi sertifikatlar taqdim etildi.



SamDTU matbuot xizmati