Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti xorijiy hamkorlikni kengaytirmoqda

    2024-yil 5-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yurituvchi “Rossiya gastroenterologlari ilmiy jamiyati” Butunrossiya jamoat tashkiloti va “Uzluksiz tibbiy ta’lim instituti” (Moskva, Rossiya Federatsiyasi) vakillari tashrif buyurdi.

    Mehmonlarni SamDTU rektori, professor J.A.Rizayev qabul qildi va muzokaralar davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish yo‘llari muhokama qilindi.

    Muzokaralar yakunida Samarqand davlat tibbiyot universiteti bilan “Rossiya gastroenterologlari ilmiy jamiyati” Butunrossiya jamoat tashkiloti hamda “Uzluksiz tibbiy ta’lim instituti” o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi uch tomonlama memorandum imzolandi. Imzolangan kelishuv malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashni takomillashtirish, akademik almashinuvlarni faollashtirish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga xizmat qiladi.


SamDTU matbuot xizmati