Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​SamDTUda Stomatologiya sohasida talabalar orasidagi xalqaro tanlovning mintaqaviy bosqichi o‘tkazildi

  Joriy yilning 13-aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Professor V. N. Kopeykin xotirasiga bag‘ishlangan ortopedik stomatologiya sohasida talabalar ilmiy tadqiqotlari I xalqaro tanlovining mintaqaviy bosqichi tashkil etildi. 

  Tanlovda tibbiyot oliy o'quv yurtlarining "ortopedik stomatologiya" kafedra mudirlari hakam sifatida ishtirok etdilar. Ochilishda so‘zga chiqqan Stomatologiya fakulteti dekani A.A.Axmedov tanlovning ahamiyati haqida ta’kidlab, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

  Xalqaro tanlovda Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti, Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti, Andijon davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali, Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari onlayn va oflayn ishtirok etdi. Tanlovda talabalar tomonidan "Ortopedik va ortodontik tuzilmalarning temporomandibulyar bo‘g‘imga ta’sirining xususiyatlari”, "Protezlashdan oldingi periodontal yallig‘lanish kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari”, "Ortopedik stomatologiya amaliyotida elektron diagnostika modellaridan foydalanishning klinik ahamiyati" va boshqa bir qator dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar qilindi.

  Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, sertifikatlar taqdim etildi.


SamDTU matbuot xizmati