Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Tojik davlat tibbiyot universiteti hamkorligi yangi bosqichda!

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti bir qator xorijiy oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti bilan ham hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev hamkorlik doirasida Tojik davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

  Tashrif davomida Jasur Rizayev boshchiligidagi delegatsiya Tojik davlat tibbiyot universiteti va unda yaratilgan sharoitlar, ta’lim tizimi, laboratoriya va o‘quv faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif doirasida SamDTU rektori Jasur Rizayev Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojik davlat tibbiyot universiteti yosh olimlari va talabalarining “Yoshlar va tibbiyot innovatsiyasi: ertangi kunni qurish” mavzusida xorijlik vakillar ishtirokida o‘tkazilgan XIX ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdi.

  Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayevga Tojik davlat tibbiyot universiteti “Faxriy professori” unvoni topshirildi.

  SamDTU delegatsiyasining Tojik davlat tibbiyot universitetiga tashrifi ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining yangi bosqichga ko‘tarilishiga zamin yaratadi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.


SamDTU matbuot xizmati