Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Talabalar ilmiy jamiyati

    Talabalarning ilmiy to'garaklar ishida talabalarning ishtirok etishi fakultet faoliyatidagi o'quv jarayonining ajralmas qismi bo'lib, unda fakultetning barcha talabalari o’z ustida ishlaydi. Ilmiy-tadqiqot ishlari har yili institutning yosh olimlari konferentsiyasida e'lon qilinadi va eng yaxshi asarlar universitetlararo ilmiy konferentsiyalarga yuboriladi va fakultet talabalari har yili sovrinli o’rinlarni egallashadilar. Hozirda fakultetda 4 nafar talabaning ingliz tilini bilish bo’yicha B2 darajali 2 nafarida esa C1 darajali sertifikatlari bor. Fakultet talabalari doimiy ravishda chet oliy ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan forum, konferensiyalar va Startup loyihalarida faol ishtirok etib kelmoqdalar.

    Fakultetimiz talabalari Xalqaro fan olimpiadalarida, talabalar va yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyalarida faol qatnashib munosib o’rinlarni qo’lga kiritib kelmoqda jumladan: Rossiya federasiyasida o’tkazilgan «Социокультурные и правовые аспекты здоровья человека» tanlovida fakultetimizning bir nechta talabalari faxrli 1 va 2 darajali diplomlar bilan taqdirlandi.