Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Institutni talabalar turar joyida konsert uyushtirildi

  2 aprel kuni Samarqand davlat tibbiyot instituti 3-son talabalar turar joyida konsert uyushtirildi. Talabalarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida o‘tkazilgan musiqali tadbirda ma’muriyat, dekanatlar vakillari, Yoshlar Ittifoqini faollari va institut talabalari faol ishtirok etdilar.

  Institut Yoshlar Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan madaniy uchrashuvda iste’dodli talabalar tomonidan ommabop va milliy kuy va qo‘shiqlar ijro etildi, milliy raqs bo‘yicha mahoratli chiqishlar qilindi. Ishtirokchilar va tomoshabinlar, shu jumladan xalqaro tibbiy ta’lim fakultetini xorijlik talabalari, tadbir davomida madaniy xordiq chiqardilar va shunga o‘xshash tadbirlarini muntazam ravishda tashkil etish bo‘yicha takliflarni bildirdilar.


SamDTI matbuot xizmati